Muҳammad Saloҳ shokda! Uni 25 ming fanat kutib oldi

  • 06.08.2026 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Trabzonspor» yangi futbolchisi Muhammad Saloҳni minglab muxlislar bilan kutib oldi.

 «Liverpul»ning  34 yoshli sobiq vingeri avval Istanbulga yetib keldi, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shomga yaqin Trabzonga uchib bordi.

6 avgust kuni klubning o‘z maydonida Muhammad Saloҳ bilan shartnoma imzolash marosimi va futbolchini rasmiy taqdim etish tadbiri o‘tkaziladi.

Trabzon aeroportida misrlik hujumkor futbolchini klubning minglab ishqibozlari kutib oldi. Saloҳ aeroportdayoq jamoa formasini kiyib, undagi 10-raqam e’tiborni tortdi.

- Bu yerda bo‘lishdan juda xursandman. Atrofdagi bu muhit haqiqatan ham ajoyib. Bunday manzarani oldin eslay olmayman. Bu yerda 25 mingga yaqin odam to‘plangan, bu haqiqatan ham hayratlanarli! Bunga o‘xshash holatni hech qachon ko‘rmaganman.

Men har bir jamoada muvaffaqiyatga erishganman. «Trabzonspor» bilan ham yuqori natijalarga erishishni istayman, – dedi Saloҳ.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!