Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muҳammad Saloҳ transferi e’lon qilinadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Masala hal bo‘ldi

Turkiya matbuotiga koʻra, «Beshiktash» bugun misrlik hujumkor vinger Muhammad Salohning jamoaga qoʻshilishi haqida rasmiy eʼlon qilishi mumkin. Bu haqida jurnalist Atakan Kurt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manba maʼlumoticha, klub Salohning transferi uchun barcha tashkiliy ishlarini yakuniga yetkazgan. Xususan, misrlik futbolchi familiyasi tushirilgan rasmiy oʻyin formalari ham tayyorlab qoʻyilgan.

Atakan Kurtning taʼkidlashicha, rasmiy bayonot aynan shu kun ichida eʼlon qilinishi kutilmoqda. Shundan soʻng Saloh uchun aeroportda tantanali kutib olish marosimi tashkil etilishi, keyin esa «Beshiktash» stadionida shartnoma imzolash marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq turk ommaviy axborot vositalari bir necha bor «Beshiktash» Muhammad Salohni qoʻlga kiritish ustida jadal ish olib borayotgani haqida yozgan edi. Klub misrlik vingerni yozgi transfer oynasidagi eng asosiy maqsadlaridan biri sifatida koʻrayotgani taʼkidlangan. Eslatib oʻtamiz, Salah bu yozda «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q