Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mudrik APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Unga "Liverpul" qiziqmoqda.

70 million evro evaziga “Chelsi”ga o‘tgan vinger Mixail Mudrik ishonchni oqlamadi. Shu sababli ukrainalik futbolchi 2025 yilda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

TodoFichajes portali xabariga ko‘ra, 23 yoshli Mudrikga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar mavsum oxirida Muhammad Salohning ketishi ehtimolini inobatga olgan holda, ayni damda hujumkor o‘yinchi qidirmoqda. Manbaga ko‘ra, "Chelsi" Mudrikning transferidan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi, garchi ukrainalik futbolchining bozor narxi taxminan 30 millionni tashkil qilsa ham.

Mixail Mudrik o‘tgan davr mobaynida “Chelsi” safida 64 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q