Mudrik faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin
Londonning «Chelsi» jamoasi hujumchisi Mixail Mudrik boshqa bir poytaxt klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Italiyalik insayder va sport jurnalisti Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli Mudrik joriy yozgi transfer oynasida «Tottenhem» safiga qo‘shilishi ehtimoli bor. Ma’lum qilinishicha, «shporlar» hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Agar klub «Liverpul» forvardi Kodi Gakpo bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Mudrikni ijara asosida olish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Mudrikga «Hall Siti», «Lids» va «Strasburg» klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Mudrik so‘nggi bor rasmiy o‘yinda 2024 yil noyabrida maydonga tushgan. Shundan so‘ng u antidoping qoidalarini buzgani uchun musobaqalardan chetlatilgan edi.

Fikrlar