Muhammad Saloҳ qaerda faoliyatini davom ettirishni hal qildi
"Liverpool" yetakchilaridan biri Muhammad Saloh jamoani tark etishga qaror qilgani ma'lum bo‘ldi. Misrlik hujumchi erkin agent maqomini oladi, shu bois u istalgan klubga tekin asosida o‘tishi mumkin.
Bu haqida xabar tarqatgan Mareb Press nashri futbolchining kelajakdagi rejalarga oyidnlik kiritdi. Manbaga ko‘ra, Saloh Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishga rozilik bergan.
Hozircha uning qaysi klub safini to‘ldirishi oshkor etilmagan. Biroq nashr ta'kidlashicha, Saloh Saudiya Arabistonida "Liverpool"da olgan maoshidan kamroq ish haqi oladi.

Fikrlar