
Muhammad Saloh bu borada birinchi bo‘ldi
APL 18-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin, "Liverpul" - "Arsenal" bahsi yakuniga etdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi - 1:1.
Dastlab, 4-daqiqada Gabriel Magalyayns bosh bilan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Muhammad Saloh qanotdan uyushtirgan reydini ajoyib zarba bilan tugatib, muvozanatni tikladi.
"TNT Sports" nashri xabariga ko‘ra, misrlik futbolchi "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" darvozasiga 10 va undan ko‘p gol urgan Premer ligadagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 40 ochkosi bor "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lsa, 39 ochkoga ega "Liverpul" 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar