Muҳammad Saloҳ o‘g‘illi bo‘ldi
Misr terma jamoasi va Turkiyaning «Trabzonspor» klubi hujumchisi Muhammad Saloҳning oilasi o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqida futbolchining opasi ma’lum qildi.
Chaqaloqqa Layl deb ism qo‘yildi. Bu Muhammad Saloҳ oilasidagi birinchi o‘g‘il farzand hisoblanadi. Futbolchining o‘zi esa allaqachon Buyuk Britaniyaga uchib ketgan. Uning rafiqasi va ikki qizi hozircha o‘sha yerda qolgan.
Saloҳning 6 sentabr kuni Turkiya Superligasining 4-turi doirasida «Trabzonspor» o‘z maydonida «Gençlerbirligi»ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvda ishtirok etish-etmasligi hozircha noma’lum.
«Trabzonspor» — «Gençlerbirligi» uchrashuvi 6 sentabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 22:00 da boshlanadi.
Muhammad Saloҳ «Trabzonspor» bilan bir oy avval shartnoma imzolagan. Ikki yillik kelishuvga ko‘ra, 34 yoshli misrlik futbolchi Turkiya klubida faoliyatini davom ettiradi.
Saloҳning avvalgi jamoasi Angliyaning «Liverpool» klubi bo‘lgan. U ushbu yozda «Liverpool»ni tark etgan.

Fikrlar