Muhammad Saloh shu uch jamoadan biriga o‘tadi

  • 11 yanvar, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh jamoadagi ozirgi mavsumini o‘tkazayotganini ta’kiladi. Misrlik futbolchi yakuniy qarorini Sky Sports jurnalistlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

32 yoshli futbolchi “Liverpul”dan ketadigan bo‘lsa, quyidagi uch jamoadan biriga o‘tishi kutilmoqda ekan.

PSJ – Muhammad Salohni bosh murabbiy Luis Enrike qo‘l ostida jamoaning yangi etakchisiga aylantirmoqchi. Misrlik yulduz jamoani tark etgan Lionel Messi va Kilian Mbappedan qolgan bo‘shliqni to‘ldirishi lozim.

“Al-Hilol” – Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan hisoblangan bu jamoa Neymar o‘rniga aynan Muhammad Salohni olib kelmoqchi. Shayxlar Saloh jamoani jahon darajasiga olib chiqishiga ishonyapti.

“Yuventus” – Turin jamoasini boshqarayotgan Tyago Mottaga jahon darajasidagi yulduz kerak. Bu vazifani Muhammad Salohga yuklayshmoqchi. Italiyalikar misrlik to‘purar yordamida Evropadagi mavqeini qayta tiklamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!