Muhammadzohid Suyarov - jahon chempioni!

  • 26.09.2025 19:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Joriy yilning 22–29 sentyabr kunlari Peruning Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqada dunyoning 19 ta mamlakatidan jami 89 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Shundan o‘g‘il bolalar o‘rtasida 22 nafar, qizlar o‘rtasida 20 nafar xalqaro unvonga ega shaxmatchilar bor. O‘zbekistondan 6 nafar shaxmatchi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan FIDE Rapid va Blits jahon chempionatining Rapid yo‘nalishida Suyarov Muhammadzohid 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, faxrli oltin medal sohibi bo‘ldi

Unga blits turnirida ham omad tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!