Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Muhiddin Madaminov chempion!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Toshkentda Al-Beruniy 2-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-11 fevral kunlari Toshkentda Al-Beruniy 2-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Jami sovrin jamg‘armasi 68 700 dollarni tashkil etuvchi musobaqa FIDE qoidalari asosida 3 ta guruhda tashkil etildi.

"Masters" guruhida hamyurtimiz grossmeyster Muhiddin Madaminov o‘zidan reytingi yuqori bo‘lgan kuchli grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Vakilimiz turnir davomida ancha kuchli sportchilarni taslim etdi. Ular orasida rapid yo‘nalishida jahon chempioni hisoblangan Volodar Murzin ham bor.

Eslatib o‘tamiz, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi - 68 700 AQSh dollarini tashkil etadi va unda Ortiq Nig‘matov, Abdimalik Abdisalimov hamda Afruza Hamdamova kabi sportchilarimiz ham qatnashdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q