Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Muhriddin Tilovov chorak finalda

Nurali
Izohlar: 0

Hamyurtimiz nomdor raqibidan ustun keldi

Boku shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirida hamyurtimiz Muhriddin Tilovovning zafarli yurishi davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz uchinchi davrada ishtiroq etdi. 

Isroillik tajribali Barux Shmailov bilan ro‘baro kelgan dzyudochimiz 2:33 daqiqada qarshi hujumda ishlatgun usuli bilan ippon bahosini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa yurtdoshimiz chorak final yo‘llanmasiga ega chiqmoqda. 

Endi vakilimiz yarim finalga chiqish uchun ozarbayjonlik Ibrohim Aliev bilan ro‘baro keladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q