Muira 59 yoshida professional darajada dubly qayd etdi

  • 19.08.2026 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaponiya kubogi bahslarida 59 yoshli Kazuëshi Miura yana bir bor futbol olamini hayratga soldi. U "Fukusima Yunayted" tarkibida maydonga tushib, "Oyama" jamoasi darvozasiga ikki marta toʻp kiritdi. 

Birinchi bosqich doirasida oʻtgan oʻyin "Fukusima" uchun haqiqiy gol yomgʻiriga aylandi – uchrashuv 7:0 hisobida yakunlandi. 

Shu gollardan ikkitasi tajribali hujumchi Miura hissasiga toʻgʻri keldi. Kazuëshsi Miura hozirda "Fukusima Yunayted" klubida ijarа asosida oʻynamoqda, uning transfer huquqlari esa "Yokogama" jamoasiga tegishli. A

fsonaviy forvard professional faoliyatini 1986 yilda boshlagan. Kelasi mavsum uning karyerasidagi 42-mavsum boʻlishi kutilmoqda. 

26 fevral kuni Miura 60 yoshni qarshi oladi. Shu yoshiga qaramay, u hanuz yuqori saviyada oʻynab, rekordlar yangilashda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!