Mundial finali bosh hakami futboldan ketdi
Hammasi tugadi
Sloveniyalik mashhur futbol hakami Slavko Vinchich rasmаn hakаmlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda xabar Futbol ittifoqi Sloveniya rasmiy saytida e’lon qilindi.
46 yoshli Vinchich uchun so‘nggi o‘yin 2026 yildgi jahon chempionati finali bo‘ldi. Ist-Ruteford shahrida o‘tgan hal qiluvchi bahsda Ispaniya qo‘shimcha daqiqalarda Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Vinchich jahon chempionati finalini boshqargan ilk sloveniya hakam sifatida tarixga kirdi.
Slavko Vinchich 2007 yildan futbol hakamligi faoliyatini boshlagan, 2010 yildan esa FIFA toifasidagi xalqaro hakam sifatida ish yuritib kelayotgan edi.
2022 yili unga Yevropa Ligasi finalini boshqarish ishonib topshirilgan — o‘sha o‘yinda Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi G’lazgodan kelgan «Reyndjers»ni mag‘lub etgan.
2024 yili esa Vinchich Madridning «Real» jamoasi va Dortmundning «Borussiya»si o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finalida bosh hakam sifatida ishladi. Ushbu bellashuvda «Real» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izohlar (0)