Mundialda uchta yangi qoida joriy etiladi
FIFA jahon chempionatida vaqtni cho‘zishni kamaytirish uchun 5 soniyadan oshsa, darvozabonga burchak, autda esa to‘p raqibga beriladi.
FIFA jahon chempionati o‘yinlarida vaqtni bekorga cho‘zish holatlarini kamaytirish maqsadida yangi qoidalarni joriy etmoqchi. Bu haqida El Mundo nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, agar darvozabon darvoza to‘pini o‘yinga kiritishda besh soniyadan ko‘proq vaqt sarflasa, raqib jamoaga burchak zarbasini amalga oshirish huquqi beriladi. Autdan to‘pni o‘yinga kiritish paytida ham shunga o‘xshash tartib qo‘llaniladi: agar futbolchi besh soniya ichida to‘pni o‘yinga kiritmasa, autni bajarish huquqi raqib tomonga o‘tadi.
Yana bir muhim yangilik shikast olish holatlariga taalluqli. Agar o‘yinchining jarohat olishi sabab o‘yin to‘xtatilsa, u maydonni tark etishi va kamida bir daqiqa davomida tashqarida qolishi kerak bo‘ladi. Faqat shu muddat o‘tgach, futbolchi yana maydonga qaytishi mumkin.
Izohlar (0)