Mundialdagi raqibimiz Ronalduni kutilmagan bayonot berdi
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2030 yildagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Ushbu turnir vaqtida u 45 yoshda bo‘ladi.
- Men hali 2030 yildagi jahon chempionatida ham o‘ynash imkoniyatidan voz kechganim yo‘q. Men 41 yoshimda har hafta gol urayapman, ehtimol yana to‘rt yil o‘ynashim mumkin, - dedi Ronaldu DAZN jurnalistlariga.
2030 yildagi jahon chempionati olti davlatda o‘tkaziladi. FIFA bu turnirga mezbonlik huquqini shunday taqsimlagan. Urugvay, Argentina va Paragvay turnirning ochilish o‘yinlarini qabul qiladi, musobaqaning asosiy qismi esa Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.
2026 yildagi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi “K” guruhida O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan raqobatlashadi.
Hozirgacha Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi 1966 yildagi uchinchi o‘rin hisoblanadi.
Fikrlar