Munidaldagi raqibimiz Manchester klubiga bormoqchi
Qaror qiladigan vaqt keldi
«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Indykaila News xabariga ko‘ra, klub skautlari Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau o‘yinini yaqinidan kuzatmoqda.
Manbalarga tayanib berilgan ma’lumotga ko‘ra, 27 yoshli Leauning o‘zi ham «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish va «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilish g‘oyasiga moyillik bildiryapti.
Shu bilan birga, «Milan» jamoasiga bosh murabbiy sifatida Ruben Amorim tayinlanishi portugalialik futbolchining kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, nufuzli Transfermarkt portali Rafael Leau transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda. Hujumchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Izohlar (0)