Murod Xonto‘raev vafot etdi
MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘raev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.
19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada, "BMW X5" rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Murod Xonto‘raev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
SPORTS.uz sayti marhumning oila a’zolariga sabr tilaydi.

Fikrlar