Asosiy mazmunga oʻtish

Murodjon Xalmonov – chempion!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Abu-Dabi shahrida 30 yoshdan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida "OPEN MASTERS GAMES" xalqaro nufuzli musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

BAA davlatining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan 30 yoshdan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida "OPEN MASTERS GAMES" xalqaro nufuzli musobaqasining muaytay yo‘nalishida terma jamoamiz katta treneri Murodjon Xalmanov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Murodjon Xalmonov finalda turkiyalik tajribali raqibi Jilogli Aliga qarshi ringga ko‘tarildi va texnik nokaut bilan muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bu haqida O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q