
Musiala faqat ikki jamoada o‘ynaydi
“Bavariya” hujumkor futbolchisi Jamol Musiala Evropaning bir necha grandlari nishonida turibdi.
20 yoshli futbolchi hozircha Myunxen superklubini tark etishga shoshilmayapti. Biroq kelajakda faqat ikki jamoaning taklifini ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi.
AS nashrining yozishicha, Musiala “Real” va “Manchester Siti”da o‘ynashi mumkin. Agar bu klublardane chorlov bo‘lsa, Jamol ularni qabul qilishga tayyor.
Pleymeykerga Ispaniya va Angliya grandlarining o‘yin uslubi yoqadi.
Musiala “Bavariya”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan. Uning amladagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.
Transfermarkt portali yangilangan reytingda Musialaning transfer qiymatini 110 million evroga baholagan.
Fikrlar