Muxlislar: Hammasiga Tuxel aybdor
O'yinchilar birin-ketin safdan chiqyapti
«Bornmut» jamoasi yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya terma jamoasi yig‘inlari chog‘ida jiddiy jarohat oldi.
23 yoshli futbolchi Liga millatlarida Xorvatiyaga qarshi o‘yin (7:0)dan so‘ng jarohatlandi. U ushbu bahsda maydonda 70 daqiqa to‘p surgan. The Touchline nashri yozishicha, muxlislar «uch sher» murabbiylar shtabiga norozilik bildirmoqda: ularning fikricha, yarim himoyachi o‘yin vaqti noto‘g‘ri taqsimlangani sabab jarohat olgan. Aytilishicha, Skott Xorvatiyaga qarshi uchrashuv boshlanishidan oldinyoq o‘zini noqulay his qilgan, shu bois jarohatni oldini olish mumkin edi, degan fikrlar ilgari surilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Aleks Skott kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi. «Bornmut» yulduzining Angliya milliy jamoasidagi debyuti 29 sentabr kuni Chexiyaga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan edi.

Izohlar (0)