Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muxlislar uchrashuvni barbod qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ularni to‘xtatib bo‘lmadi

Niderlandiyada "Vitess" va "De Grafsxap" jamoalari oʻrtasidagi oʻyin muxlislar sabab bekor qilindi. Bu haqida mahalliy NOS telekanali xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, "De Grafsxap"ning safardagi oʻyiniga kelishi kerak boʻlgan futbolchilari Dutingemda stadionga chiqib ketolmadi. Sababi – klubning oʻz muxlislari jamoa avtobusini yoʻlga chiqishdan oldin toʻsib qoʻygan.

Fanatlar Arnem shahridagi xavfsizlik komissiyasi qaroriga norozilik bildirgan. Komissiya ularga "Gelredom" stadioniga kirishni taqiqlagan, bunga xavfsizlik boʻyicha kelishuvlar buzilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab sifatida koʻrsatilgan. Asosiy shartga koʻra, muxlislar olib keladigan barcha banner, plakat va bayroqlar oldindan tekshiruvdan oʻtishi kerak edi.

Bu qatʼiy choralar 2025 yil dekabridagi voqealardan soʻng joriy etilgan. Ōshanda "De Grafsxap" muxlislari Arnemga "Vitess"ga qarshi oʻyinga kelib, mahalliy fanatlar va politsiya bilan toʻqnashuvga kirishgan edi.

Klub vakilining taʼkidlashicha, vaziyat tufayli jamoa avtobusi Dutingemdan chiqolmagan. 

"Hozirgi sharoitda avtobus yoʻlga chiqishi mumkin emas. Keyingi harakatlar boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan doimiy aloqada turibmiz", – deya maʼlum qilgan u.

Shundan soʻng uchrashuvni umuman oʻtkazmaslik boʻyicha qaror qabul qilindi. "Vitess" va "De Grafsxap" oʻrtasidagi oʻyin qachon qayta belgilanishi hozircha maʼlum emas.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q