Muzokaralar davom etadi!
Amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lgan transferlar!
Transferlar oynasininig so‘nggi kunlariga ham etib keldik. Ayni paytda bir-biridan qiziqarli transferlar amalga oshish arafasida turibdi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Rayan Gravenberx
O‘tgan yili "Ayaks"dan "Bavariya"ga o‘tgan yarim himoyachi keraklicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmaganidan keyin faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. "The Athletic" nashri xabar berishicha, 21 yoshli futbolchini "Liverpul" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etadi. Myunxenliklar ushbu transferdan 40 million evro ishlab olishni maqsad qilgani borasida ham mish-mishlar tarqaldi. Gravenberx "Liverpul"ga o‘tishga tayyor. Ikkala klub kelishuvga erishib olsa, u Angliyaga uchib ketadi. Mersisaydliklar ancha vaqtdan beri tayanch yarim himoyachisi izlfyotgandi. Avvalroq, klub Moyzes Kaysedo va Romeo Laviyani qo‘ldan chiqarganidan keyin bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Randal Kolo Mauni
Bir qancha yulduzlarni qo‘yib yuborgan PSJ ularning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda. Klubning asosiy maqsadlaridan biri bu yangi hujumchi sotib olishdir. Variantlar orasida "Ayntraxt" vakili Kolo Muani favorit va klub bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Germaniya nashrlari xabar berishicha, nemislar strayker uchun 100 million evro istamoqda. Parijliklar esa 80 million evro to‘lashga tayyor. Kelishuvga erishishni boshqa yo‘li ham bor. PSJ futbolchisi Xyugo Ekitikega "Aytraxt" qiziqish bildirmoqda. Futbolchini shartnoma shartlariga qo‘shilishi borasida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Randal Frantsiya klubiga o‘tishga harakat qilmoqda. U bir necha kun oldin shunday degan edi: "Umid qilamanki, jamoayim meni qo‘yib yuboradi. Men PSJga o‘tishni istayman".
Ansu Fati
Bir paytlar yangi Messi bo‘lishi kutilgan, lekin keyinchalik jarohatlar sabab asosiy tarkibdan tushib qolgan Fati ham Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Unga "Tottenxem", "Chelsi" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirayotgandi. Ammo vingerning "shporlar" safiga o‘tishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi. London jamoasi 21 yoshli ispanni ijaraga olish ustida ishlamoqda. "Barsa" ham uning ketishiga qarshi emas, lekin kataloniyaliklar ijara emas, balki to‘liq sotishni istamoqda. Vaqt esa kam qolyapti. Feliks ham umidvor bo‘lib kutmoqda. Agarda Fati jamoani tark etsa, portugaliyalik futbolchini "Barsa"ga o‘tish ehtimoli oshadi.
Mark Kukurelya
"Manchester Yunayted" kutilmaganda chap qanot himoyachisi olib kelishiga to‘g‘ri keldi va Kukukerlya "qizil iblislar" tarkibiga kelib qo‘shilishi arafasida. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Mark bo‘yicha tomonlar deyarli kelishuvga erishishga yaqin. Uning ijarasi uchun manchesterliklar 7 million funtdan kamroq to‘laydigan bo‘lyapti. Shaxsiy shartlar allaqachon kelishib olingan. Ayni paytda "Manchester Yunayted" Kukurelyadan tashqari hech qaysi himoyachi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmayapti.


Izohlar (0)