MYu Bellingemni sotib olmoqchi

  • 15.12.2025 18:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" safida harakat qilib kelayotgan yarim himoyachi Job Bellingemni sotib olishni rejalashtirmoqda. 

"Caught Offside" nashri ma’lum qilishicha, "qizil iblislar" Jobni anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni yozda o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. 20 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 30 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik yarim himoyachi yozda dortmundliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi joriy mavsum 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!