Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

MYu Kerrik o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Har ehtimolga qarshi tayyor turish kerak

«Manchester Yunayted» mavsumni omadsiz boshladi. Mankunianlar mavsumni kutilganidan ancha zaif boshlagani ortidan klub rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrik kelajagi bo‘yicha turli variantlarni o‘rgana boshlagani aytilmoqda. 

Football Insider nashri manbalariga tayanib yozishicha, ehtimoliy nomzodlar orasida «Brayton» bosh murabbiyi, 33 yoshli Fabian Hyurtseler ham bor.

Xabarga ko‘ra, hozircha Kerrikni ishdan bo‘shatish masalasi kun tartibida turibdi, deb bo‘lmaydi. Biroq jamoa natijalari yaqin vaqt ichida yaxshilanmasa, vaziyat keskin o‘zgarishi mumkin. Shu bois klub rahbariyati Hyurtseler faoliyatini yaqinidan kuzatib bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Manchester Yunayted» tomoni «Brayton»ga allaqachon ehtimoliy muzokaralar haqida ishora qilgan va bu holatda murabbiy uchun 10–15 million funt atrofida tovon puli to‘lashga to‘g‘ri kelishi mumkinligi qayd etilgan.

APLning dastlabki besh turidan so‘ng «Manchester Yunayted» faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozondi. Besh ochko jamlagan Kerrik jamoasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q