Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

MYu va "Liverpool" qimmat darvozabonga ko‘z tikdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Olish oson bo‘lmaydi

«Brayton» darvozabonı Bart Verbryuggenğa transfer bozorida jiddiy qiziqish kuchaygani xabar qilinmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur ma’lum berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli niderlandiyalik posbon o‘yinlarini Angliya premyer-ligasining bir qator yetakchi jamoalari diqqat bilan kuzatmoqda. 

Jumladan, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari Verbryuggenni o‘z tarkibini uzoq muddatga mustahkamlab qo‘ya oladigan muhim nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Bart Verbryuggen «Brayton» safida 2023 yil iyul oyidan beri to‘p suryapti. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. 

Transfermarkt portali darvozabonning bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q