MYU yulduzi Messining jamoadoshiga aylanish arafasida
Kazemiro va Lionel Messi bir necha oydan so‘ng jamoadoshga aylanishi mumkin. Braziliyalik yarim himoyachi yozda erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tishi mumkin. Yanvar oyida Kazemiro mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etishi ma’lum bo‘lgandi.
AS'ga ma’lum bo‘lishicha, Kazemiro allaqachon oilasi bilan Mayamiga borgan va "Inter Mayami" rahbarlari bilan uchrashgan.
Aytilish kerakki, "Manchester Yunayted" hozirda faqat Premyer-ligada o‘ynamoqda, shu bois Kazemironing Mayamiga borishga vaqti bor edi. "Qizil iblislar"ning o‘tgan va keyingi o‘yinlari o‘rtasida 13 kun o‘tadi.
Fikrlar