MYuga Onana kerak emas
"Manchester Yunayted"ning ijaradagi posboni Andre Onanani sotib yubormoqchi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "qizil iblislar" kamerunlik darvozabonni ortga qaytarmoqchi emas. Manchesterliklar jamoaning ayni vaqtdagi asosiy darvozaboni Senne Lammersga ishonch bildirishda davom etadi. Onana esa katta extimol yozda jamoani tark etadi. 29 yoshli darvozabon mavsum boshidan buyon Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasida to‘p tepmoqda. "Transfermarkt" portali kiperni 20 million evroga baholayapti.
Ma’lumot uchun, darvozabon joriy mavsumda umumiy 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar