Naomi 58 daqiqada g‘alaba qozondi
Zohir2018
Germaniyalik tennischi nima bo‘lganini tushunmadi
Yaponiyaning eng kuchli tennischi bo‘lib turgan Naomi Osaka "China Open" musobaqasining yakkalik bahslaridagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Naomi turnirning ikkinchi davrasida germaniyalik Andrea Petkovichni bor-yo‘g‘i 58 daqiqada 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Xitoy ochiq birinchiligining navatdagi bosqichida Osaka avstraliyalik Ayla Tomlyanovich, yoki amerikalik Elison Riskega qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)