Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Naomi raqibini jarohat oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Osaka uchinchi davraga yo‘l oldi

Kanadaning Toronto shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida ikkinchi davra uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Unda yaponiyalik Naomi Osaka germaniyalik Tatyana Mariyaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set Naomining 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq ikkinchi set boshlanish arafasida Mariya jarohat sabab kortga chiqmadi.

Shu tariqa Naomi uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mazkur bosqichda polshalik Iga Svyontekga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q