«Napoli» Lukakuni sotishga tayyor

  • 06.07.2026 19:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Napoli» tarkibida to‘p surib kelayotgan, 33 yoshli belgilayik hujumchi Romelu Lukaku yozgi transfer oynasidan jamoani tark etishi mumkin.

 

Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, neapolliklar Lukakuni kamida o‘n million yevro taklif etilgan taqdirda sotishga tayyor. Hozircha futbolchiga Turkiyaning ikki grandi — «Fenerbahche» va «Beshiktash» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Italiya ning yetakchi jamoalaridan biri hisoblangan «Napoli»da Lukaku bir mavsum uchun sakkiz million yevro maosh oladi. Hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

 

O‘tgan mavsumda belgilayik forvard barcha musobaqalar doirasida jami yetti o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi. Mavsumning katta qismini esa u jarohati sabab o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!