"Napoli"dagi kichik inqiroz!

  • 30 noyabr, 2023, 22:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2023 yilning yozida "Napoli"ga bosh murabbiy bo‘lgan Rudi Garsiya o‘z lavozimidan ozod qilindi. Uning Neapolda o‘tkazgan 5 oyi davomida klub A Seriyada peshqadamlik uchun kurashish o‘rniga 4-o‘rinda yuribdi. Kamiga 1-o‘rindagi "Inter"dan 10 ochko ortda. O‘tgan yilga qaraganda klub har tomonlama pastlagan. Demak, murabbiy tanlashda xato qilingan, yoki bunga boshqa sabab bo‘lishi ham mumkinmi? O‘zi "An-Nassr"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan murabbiy bilan qanday qilib shartnoma imzolangani ham qiziq. De Laurentis Garsiyaning nimasiga ishonganki, Spalletti davomchisi sifatida ko‘rgan va endi nimaga oxirigacha ishonch bildirmay, chiqish eshiklarini ko‘rsatdi? Savollar ko‘p, keling, ularga javob izlab ko‘ramiz.

Spalettining "Napoli"dagi faoliyati

2021 yilda ikki yillik faoliyatidan keyin Jennaro Gattuzo "Napoli"dan ketdi va uning o‘rnini Luchano Spaletti egalladi. Dastlabki mavsumida klub Italiya kubigi sohibiga aylandi, A Seriyada 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, yana Chempionlar ligasiga qaytdi. 2022 yilning yozida "Napoli"ni bir qator muhim futbolchilar tark etadi. Kalidu Kulibali, Fabian Luis, Dris Mertens, Lorentso Insinelar boshqa jamoaga ko‘chib o‘tdi. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun esa Xvicha Kvaratsxeliya, Jovanni Simeone, Kim Min Je va Jakomo Raspadori kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolanadi. Mazkur o‘yinchilar 33 yildan keyin yana "Napoli"ni skudettoni yutishiga katta yordam berishdi ham. Aynan mana shu sovrinni qo‘lga kiritganidan keyin rahbariyat Spalletini qolishiga ishonadi va u bilan tuzilgan shartnomani yana 1 yilga uzaytirish bandini faollashtirdi. Ammo kutilmaganda Luchano "Napoli"ni tark etib, iste’foga chiqadi. Ko‘p manbalarda bunga asosiy sabab murabbiyning dam olishni istayotgani vaj qilib ko‘rsatilgan, ayrimlari rahbariyat bilan kichik kelishmovchilik bo‘lganini ham ta’kidlaydi. Eng qizig‘i, dam olishni istagan Spalleti oradan ko‘p o‘tmay Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida ish boshladi...

Italy's new head coach! Luciano Spalletti set to replace Roberto Mancini  and return to management after Napoli exit | Goal.com

Yangi murabbiyni tayinlash

2023 yilning yozida "Napoli" bir qator murabbiylar bilan muzokaralar olib bordi, Luis Enrike, Yulian Nagelsmann, Antonio Konte, De Zerbi kabi mutaxassilar turganda klub Saudiyadan haydalgan murabbiy bilan hamkorlik qildi va buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi.

1) De Laurentis murabbiy tanlashda birinchi navbatda uning faoliyatiga e’tibor bergan, ya’ni u Italiyada ishlagan, Italiya futbolidan xabari bor insonni ishga olishni istagan. O‘z o‘zidan Nagelsmann va Enrike variantlari chiqib ketadi.

2) De Laurentis 4-3-3 taktikasidan foydalanadigan mutaxassis bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Sababi, Spaletti ham aynan shu sxemadan foydalangan va futbolchilarni taktik almashinuv natijasida o‘z darajasidan tushib qolishini xohlamagan. Bu esa Konte variantini ro‘yxatdan o‘chirib yuboradi.

3) De Larentusning qaror chiqarishida Karlo Verdonening ham yordami katta bo‘ldi. Bu inson italiyalik mashhur prodyuser va Larentusning yaqin do‘sti. Shu bilan birga, "Roma" muxlisi. Rudi Garsiya Rimdagi dastlabki ikki mavsumida muxlislarining ko‘nglidan joy olgan. Uning qo‘l ostida "Roma" uzoq yillardan keyin Chempionlar ligasiga qaytgan va A Seriyada "Yuventus"ga yaxshigina qarshilik ko‘rsata olgan. Taqdirni qarangki, natijalar yomonlashgach, rahbariyat uni bo‘shatib, o‘rniga Spalettini olib kelgan. Xullas Karlo Larentusga Garsiyani "Napoli"ga ustozlik qilili borasida maslahat bergan va qaror qabul qilingan.

Rudi Garcia is on his last legs! Napoli CEO Aurelio de Laurentiis  sensationally criticises manager publically and accuses him of 'not knowing  Italian football' with Antonio Conte waiting in the wings |

Ziddiyatlar

Rudi Garsiya davrida "Napoli"ning bir nechta futbolchilari bilan murabbiy ziddiyatga borishga ham ulgurdi. Misol uchun, "Bolonya"ga qarshi 0:0 hisobi bilan tugagan o‘yinda Osimxen penaltidan gol ura olmadi va o‘yin so‘nggidan almashtirildi. Bunga esa hujumchi jiddiy reaktsiya bildirib, Rudidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi. Shu bilan birga, frantsuz Xvicha, Politano kabi futbolchilar bilan ham chiqisha olmagan paytlar bo‘ldi.

Napoli boss Rudi Garcia breaks silence on Victor Osimhen video row |  Football News - Hindustan Times

Nuqta

So‘nggi paytlarda Garsiya katta bosim ostida qolib ketdi. A Seriyadagi o‘rinku mayli, uni tiklab olish imkoniyati yo‘q emas. Biroq, jamoaning Chempionlar ligasida ham ishlari yaxshi emas edi. "Real" bilan bir guruhdan joy olgan neapolliklar, so‘nggi turda ketma-ket 12 ta o‘yindan beri faqat mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan "Union Berlin" bilan durang o‘ynadi. Pley-off masalasini hal qilib qo‘yish kerak bo‘lganda buni ham eplay olishmadi. A Seriyaning 12-turida 4-2-3-1 sxemasida o‘yinni boshlashga qaror qilgan Garsiya Kvaratsxeliya va Zelinskilarni zaxirada qoldirdi. O‘yinning 91-daqiqasida esa mehmonlar tarkibidan Kovalenko Meret darvozasini ishg‘ol qilib ketdi. Bu Rudining "Napoli"dagi faoliyatiga nuqta edi.

Garcia Already Facing Scrutiny for Slow Napoli Start

Yana yangi murabbiy...

Umuman olganda, Garsiyani "Napoli"da muvaffaqiyatga erishishi qiyin edi. Sababi, o‘tgan mavsumgi o‘yinlari bilan shov-shuv ko‘targan Spalettini qilgan ishlarini davom ettirishning o‘zi bo‘lmaydi, yana u Saudiyada yurgan payti futbol ham o‘zgarmoqda. Xo‘p, frantsuzning Neapolga tashrifi xato bo‘ldi, lekin bu xatoni De Laurentis qildi va o‘z muxlislari oldida obrosi tushdi. Prezident esa xatosini to‘g‘irlash uchun Valter Madzarriga murojaat qildi.

Napoli demite Rudi Garcia e anuncia Walter Mazzarri como novo técnico -  Folha PE

Murabbiy bundan oldin "Napoli"ni 2009-2013 yilgi mavsumlar davomida boshqargan. Madzarrining faoliyatidagi eng ohirgi yaxshi xotiralari ham ushbu yillar bo‘lgan. U klubga kelmasidan olodingi mavsumda "Napoli" A Seriyada 12-o‘rinda edi. Valter qo‘l ostida jamoa dastlab 6, keyin 5 va so‘nggi mavsumida 2-o‘ringacha chiqa oldi. Ammo 2013 yilda u "Napoli"ni tark etib "Inter"da ish boshladi va shundan beri "ketmoni uchmayapti". "Inter"dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Uotford", "Kalyari" klublarida ishladi, nisbatan "Torino"da uzoqroq qolishga erishgan. So‘nggi marta 2022 yilda "Kalyari"dan bo‘shatilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!