
"Nasaf" - "Bunyodkor". Ustunlik kimda?
FIFA kunlaridan so‘ng Superliga qaytmoqda. “Nasaf” Superliganing 19-turida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 24 sentyabr kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Quyida «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalarining hozirgacha o‘tkazgan uchrashuvlari haqidagi statistik ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:
Bu ikki jamoa O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 33 bor to‘qnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda «qaldirg‘ochlar», 7 o‘yinda esa “Nasaf” zafar quchgan. 12 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 32:45. Ustunlik toshkentliklar tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» - «Bunyodkor» - 5:0, «Bunyodkor» – «Nasaf» - 5:0.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2023 yili 17 aprel kuni Toshkentda o‘tkazishgan. Dramatik kechgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi Qarshida bo‘lib o‘tgan besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
25.10.2022 | Nasaf — Bunyodkor 1:1
27.09.2021 | Nasaf — Bunyodkor 5:0
24.08.2020 | Nasaf — Bunyodkor 2:2
11.08.2019 | Nasaf — Bunyodkor 3:1
11.08.2018 | Nasaf — Bunyodkor 1:4
“Nasaf” matbuot xizmati.
Fikrlar