"Nasaf"da "dux" yo‘q?!

  • 12 aprel, 2022, 14:38
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 20
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir mutaxassisning fikriga ko‘zim tushib qoldi. Unda yozilishicha, Qarshining "Nasaf" jamoasida "dux" yo‘q ekan. Hozir shu mavzuga atroflicha to‘xtalish uchun juda qulay fursat...

Kecha OChL guruh bosqichidan o‘rin egallagan "Nasaf" - "Al-Vehdat" bahsi "ajdarlar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yini tomosha qilar ekanman, "dux"i yo‘q jamoa shumi deb o‘ylanib qoldim. "So‘nggi 20 yil ichida O‘zbekistonda birinchi raqamli bo‘lishni uddalay olmagan"i iddao qilingan jamoa Osiyo chempionlar ligasida 4-ochkosini qo‘lga kiritdi. Balki, bu birinchi turdagi "Al-Sadd" bilan o‘yindagi ehtiyotkor taktika fonida hissiyot bilan yozilgan fikrdir, ammo Berdiev ham kecha futbolga kirgan odam emas.

3 ta himoyachi

Asosiy qurol mayda pas va kombinatsiyalar bo‘lgan qatarliklarga qarshi 3 ta markaziy himoyachi bilan to‘p surishga qaror qildi. Oldinda esa, mobilroq bo‘lgan Norchaevdan ko‘ra, "taran" forvard Semir Smaylagichni tanladi. Buning uchun uni qo‘rqoqlikda ayblash qay darajada to‘g‘ri? Har holda, tarkib, nom va moddiy tomondan o‘zidan ancha kuchli bo‘lgan "Al-Sadd"ga qarshi bundan ortiq qanday sxemani qo‘llash mumkin edi?

As saadga qarshi oyin

Birinchi qizil kartochkadan so‘ng Berdiev jamoa o‘rgangan 4 himoyachilik sxemaga o‘tishni istamadi, tavakkal qilgisi kelmadi. Yakunda bu qaror o‘zini oqladi. Qarshiliklar to‘p nazoratini qo‘liga olib, tempni o‘zi belgilashni boshladi. Ikkinchi chetlatish esa, Berdievni o‘ylantirib qo‘ygani rost. Tabloda 1:1 hisobi yonib turgan paytda, murabbiy o‘z rejalarini o‘zgartirishni boshladi. Zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirib, 3-6-1ni (Alibek Davronov deyarli markaziy himoyada o‘ynadi. Muhiddinov uning qanotidan hujumga o‘tib, Alibekni ko‘proq himoyaga e’tibor qaratishi uchun imkoniyat yaratdi) 4-3-3ga o‘zgartirdi, ammo futbolchilar unga moslashishga ulgurgani yo‘q. Natijada, 2 kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan "Nasaf" minimal hisobdagi durangga imzo chekdi Shu o‘rinda adolatli savol tug‘iladi, "ajdarlar" nima uchun o‘yinni ikki kishi ko‘p bo‘lib tugatdi? Bunday ustunlikni ta’minlash uchun yigitlar maydonda ko‘proq pressing qilgani, har bir epizodda oxirigacha kurash olib borgani hech kimning hayoliga kelgani yo‘q. Barcha, jamoa ustunlikdan foydalana olmaganini pesh qildi. Vaholanki, o‘sha ustunlikni maydonda "ajdarlar"ning o‘zi yaratmadimi? Yoki "Al-Sadd" o‘yinni 9 kishi bo‘lib boshlaganmidi?

"Al-Vehdat"ga qarshi o‘yinda Berdiev 4-3-3ning original versiyasini qo‘lladi. Qanot himoyachilarini kengroq joylashtirib, ochiq futbol o‘ynadi. Ikkinchi taymda o‘zgarishlarni "topdi" va bahsda burilish yasadi. Yigitlar 90 daqiqa davomida intensiv futbol namoyish etishga urindi.

Al Vihdadga qarshi oyin

O‘z vaqtida darvozabon ham jamoasini qo‘llab yubordi. Bir so‘z bilan aytganda, yaxlit mashinaga aylangan "Nasaf" raqibni taslim etdi. O‘z ismini sir qolishini istagan mutaxassis qarshiliklarni o‘z kuchiga ishonmaslikda ayblagani meni hayron qoldirdi. Qanday qilib OChLga saralash orqali mehmonda o‘zidan har jabhada ustun bo‘lgan "Baniyas"ni tiz cho‘ktirib tashrif buyurgan klub haqida bunday o‘yga borish mumkin? Qanday qilib bir necha oylab maosh olmasada, maydonga bor kuchini tashlab chiqib ketadigan o‘zimizning yigitlarni ruhan kuchsiz deb o‘ylash mumkin? O‘zi uchun o‘zi OChLga yo‘l ochgan, boshqa bir o‘zbek jamoasiga xalqaro maydonni "sovg‘a qilgan" "Nasaf"ni qanday qilib kuchsizlikda ayblash mumkin? Aslida, og‘ir kunlarda ham o‘z kuchiga ishonchini yo‘qotmaganlar kuchli shaxs sanalmaydimi? Bilmadim, balki o‘lchovlarimiz turlichadir...

nasafejiwjfiwejf

20 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli bo‘la olmagan jamoaning boshqa natijalariga ham ko‘z tashlab qo‘yish lozim. Superkubok va O‘zbekiston kuboklaridagi g‘alabalar o‘z yo‘liga, ammo xalqaro maydondagi O‘zbek klublarining 30 yildan beri yagona bo‘lib turgan sovrini ham "Nasaf" muzeyida turganini qanday unutib qo‘yish mumkin. Mayli, bu OChL bosh sovrini emasdir, ammo o‘sha davrdagi "Nasaf" o‘z bo‘yidan baland sakray olgani fakt. Uni inkor etishga hech kimning haqqi yo‘q. Mayli, bugungi 3 ochko ham o‘z yo‘liga. G‘alaba va mag‘lubiyat doimo yonma-yon bo‘lgan. Futbolda eng muhimi - darajani ushlab qolish. Hozircha, "Nasaf" O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritmagan bo‘lsada, allaqachon brendga aylanib bo‘ldi. Bu brendga millionlab dollarlar sarflanmadi. Uning zamirida boriga shukur qilishga o‘rgangan insonlarning mehnati yotadi. Ayni damda "Paxtakor" singari xalq jamoasiga aylanib bo‘lgan "Nasaf"ni "dux" yo‘qligida ayblashdan oldin, biroz do‘ppini qo‘lga olib o‘ylab ko‘rish kerak. Har holda, hozir Saudiya Arabistonida biz emas, ular millat sharafini himoya qilishmoqda.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
12/04/2022 14:50
Zo'r maqola, gap so'z bo'lishi mumkinmas. Unda aytilgan hemma gaplarga qo'shilaman
Abdullayev Asqar
16/04/2022 09:21
Nasaf aʼlo darajada oʻyin oʻtkazayapti
Рахманов Элдор
14/04/2022 08:46
"Айни дамда "Пахтакор" сингари халқ жамоасига айланиб бўлган"?! - Пахтакор қанақасига халқ жамоаси. Калласи билан урушиб қолганми муаллиф. Яхши мақолани охирини катта қилиб бежаб қўйибди
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
14/04/2022 05:08
Malades otangga rahmad,
&
Bekmurodov Baxtiyor
13/04/2022 14:51
Akademya super nasafda
&
Bekmurodov Baxtiyor
13/04/2022 14:51
Nasaf shunchaki super kulub
&
Ibragimov Begovot
13/04/2022 13:20
ADMINLLLAR !!!!!!!!!!!!!!
SPORTS.UZ adminlari O'zbekiston superligasini TURNIR JADVALINI to'grilab qo'yinglar NASAF FC 2 ochko bn 12-o'rinda emas, 5 ochko bn 7-o'rinda joylashgan
&
Ibragimov Begovot
13/04/2022 13:20
ADMINLLLAR !!!!!!!!!!!!!!
SPORTS.UZ adminlari O'zbekiston superligasini TURNIR JADVALINI to'grilab qo'yinglar NASAF FC 2 ochko bn 12-o'rinda emas, 5 ochko bn 7-o'rinda joylashgan

&
Ibragimov Begovot
13/04/2022 13:19
ADMINLLLAR !!!!!!!!!!!!!!
SPORTS.UZ adminlari O'zbekiston superligasini TURNIR JADVALINI to'grilab qo'yinglar NASAF FC 2 ochko bn 12-o'rinda emas, 5 ochko bn 7-o'rinda joylashgan
Norboyev Asilbek
13/04/2022 12:23
Nasaf chempion bo'lishi uchun...Hamma klub mustaqil bo'lishi kerak...Erkatoy Paxtakor bor ekan bunday bo'lishi qiyin...Nasafni o'yinchilari oylik olmay shunday o'ynaydi.
Norboyev Asilbek
13/04/2022 12:24
Paxtakor o'yinchilari esa 150 mln lab oylik oladi...
&
Ruziyev Mahmatqobil
13/04/2022 07:40
Nasaf uzbek futbuli erkatoyi emas bu xalq jamaosi moqalaga gaf yuq
Qobilov Murod
12/04/2022 19:47
Prosta kilass maqolaga gap suz bulishi mumkin emas
Хужакулов Хуршидбек
12/04/2022 18:59
Ким эди у
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/04/2022 17:23
Ohirgi 20 yildaki Uzbek fudbolini yoziki bu kamanda. chempion bulolmagani esa umuman boshqa mafzu buni hamma biladi. qachon hamma kamanda boqumandalikdan chiqsagena haqiqat ungacha esa quyin chunki hammaga malum. bizaga uka akasini oldini kesib utmaydi.
Baratov Elyor
12/04/2022 16:26
Maqolaga like!
Nasafda dux yo'q degan shaxs qopqoqni yepti!
&
Восток
12/04/2022 16:17
Олга насаф
&
Abdulla Hikmatov
12/04/2022 16:16
Adashmasam Chempat.aziyada chiqqandi shunaqa material
&
Ганишер
12/04/2022 16:10
Насафда "дух"йуқ деган мутахассис, бекорларни айтибди, Насаф ажойиб команда, уларда ватан хисси бор, жонини бериб уйнашади, уша хисни мен Пахтакорда курмаяпман.
&
Yusupov Ibrohim
12/04/2022 15:14
Dux yóq degan mutaxassis noinsof ekan.Agar,Nasaf istedodlarini poytaxt jamoalari talab ketmaganida edi(deyarli xar yili).Qachonlardir Nasaf chempion bólib bólgan bólardi.