Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Navbahor" Umar Adhamzoda transferini e’lon qildi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Namanganliklar yana bir yangi o‘yinchini qo‘lga kiritdi.

Tajribali himoyachi Umar Adhamzoda "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Umar Adhamzoda – 1998 yil, 4 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2017 – 2019 yillar), “Istiqlol” (Farg‘ona, 2020 yilning 1-davrasi), “Neftchi” (Farg‘ona, 2020 yilning 2-davrasi – 2023 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2024-2025 yillar) jamoalarida o‘ynagan.      

Yakunlangan mavsumda “Paxtakor” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1596 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urgan holda, kubok sohibiga aylandi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q