“Navbahor”da nechta sovrin bor?

  • 9 dekabr, 2023, 06:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor” yakunlangan Superliga mavsumida 3-o‘rinni egallab, bronza medal sohibiga aylandi va o‘z sovrinlari sonini yanada oshirdi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Coca Cola Superliga (oliy liga)sida shu kungacha jami 40 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lib, ulardan faqatgina 13 tasiga sovrinlarni qo‘lga kiritish nasib etgan.

Ular orasida albatta O‘zbekiston milliy chempionatlarining muntazam ishtirokchisi bo‘lgan “Navbahor” ham bor.

Jamoamizning shu kungacha nechta sovrinni qo‘lga kiritganligi ko‘pchilikni qiziqtirishini inobatga olgan holda, ushbu mavzuga to‘xtalishga ahd qildik.

“Lochinlar”  ortda qolgan mavsumlar davomida 1 ta oltin (1996 yil), 1 ta kumush (2022 yil), 10 ta bronza (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003,2004, 2018, 2023  yillar), shuningdek, 3 marta O‘zbekiston kubogi (1992, 1995, 1998 yillar) hamda 1 marta O‘zbekiston superkubogi (1999 yil)ni qo‘lga kiritishdi. 

Shu tariqa, bu yil “Navbahor”ning milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon qo‘lga kiritgan jami sovrinlari soni bu yil 16 taga etdi va jamoamiz ayni paytda bu borada “Paxtakor” (38 ta sovrin), “Nasaf” (21 ta sovrin) hamda “Neftchi” (17 ta sovrin) klublaridan keyin 4-o‘rinda bormoqda.

"Navbahor"ning milliy chempionatdagi umumiy statistikasi qanday?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!