Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Navbat “Nasaf”ga!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 7

Bahs qizg‘in bo‘ladi

Rossiya Premer-ligasi klublari o‘rtasida 2024 yilning birinchi uchrashuvini “Fakel” o‘tkazdi.

Voronejliklar Turkiyaning Belek shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Ozarbayjonning “Sabail” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golni “Fakel” vakili Nikita Motspan 69-daqiqada penaltidan kiritdi.

“Fakel” futbolchilari navbatdagi uchrashuvda “Nasaf” jamoasi vakillari bilan bellashadi. Bu bahs 19 yanvarga belgilangan.  

“Nasaf” o‘tgan mavsumda O‘zbekiston Superligasida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Fakel” esa, Rossiya Premer-ligasida 11-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q