"Neftchi" murabbiyi jamoadan ketdi

  • 20.08.2026 13:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" klubi yordamchi murabbiyi Juan Sruz Gill jamoadan ketdi. Bu haqida farğonaliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Rahmat, Juan Sruz Gill! 

Argentinalik mutaxassis Juan Sruz Gill oilaviy sabablarga ko‘ra “Neftchi” murabbiylar shtabini tark etdi.

Juan Sruz Gillga “Neftchi”dagi faoliyati va jamoamizga qo‘shgan hissasi uchun rahmat aytamiz.

Oilaviy sabablarga ko‘ra qabul qilingan ushbu qarorni hurmat qilamiz va unga yangi faoliyatida, shuningdek, oilasiga mustahkamlik va omad tilaymiz.

Juan Sruzga omad, muvaffaqiyat va mustahkam salomatlik tilaymiz
", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!