"Neftchi" Shahzodjon Ne’matjonov transferini e’lon qildi

  • 30 iyul, 19:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi Shahzodjon Ne’matjonov transferini e’lon qildi.

Tecno

"Davralar oralig‘idagi o‘quv yig‘in va yozgi transfer orqali tarkibni kuchaytirish maqsadida jamoamiz rahbariyati yosh va iqtidorli hujumkor futbolchi Shahzodjon Ne’matjonov bilan shartnoma imzoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Shahzodjon Ne’matjonov 2003 yilning 6 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tavallud topgan. Futbolga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi tufayli olti yoshida Bekobodning "Metallurg" futbol maktabida ilk saboqlarini olgan Shahzodjon 2015 yilda Toshkentga ko‘chib o‘tib, dastavval "Paxtakor", keyinchalik "Bunyodkor" sport maktabida tahsil olishda davom etadi.

Futbolchilik faoliyatini o‘ziga qadrdon bo‘lgan Bekobodning "Metallurg" yoshlar jamoasida boshlab, 2024 yilga qadar shu erda to‘p surdi. "Neftchi"ga o‘tishdan avval futbolchi Superliganing birinchi davrasini G‘uzorning "Sho‘rtan" klubida olib bordi
." - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, avvalroq "Sho‘rtan" bir nechta futbolchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Ular orasida  Shahzodjon Ne’matjonov bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!