Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Neftchi" Tojikiston klubini yirik hisobda engdi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

O‘rtoqlik bahsi.

Bugun “Neftchi” klubi o‘z maydonida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Oldinroq Qirg‘iziston U20 termasiga qarshi maydonga tushgan va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan farg‘onaliklar bu safar Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasini qabul qildi hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

Birinchi bo‘limda Mixay Roman hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin G‘ulom-Haydar G‘ulomov va Bilolxon Toshmirzaev hisobni yiriklashtirdilar.

"Neftchi": Sanjar Quvvatov, Boyan Tsiger, Muxsin Ubaydullaev, Anvar G‘ofurov, Abbos G‘ulomov Mirzoxid G‘ofurov, Ketelin Karp, Diyor Turopov, Javohir Qaxramonov, Nsungusi Effiong, Mixay Roman.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Jaloliddin Jumaboev, Xurshid Muxtorov,  Muhammadali Xolmatov, Shoxrux Yoqubjonov, Doniyor Valiev, Sanjar Qodirqulov, G‘ulomhaydar G‘ulomov,  Shoxruz Norxonov, Bexruz Oblakulov,  Bilolxon Toshmirzaev.

Gollar: Mixay Roman, 33 - 1:0. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 47 - 2:0. Bilolxon Toshmirzaev, 81 - 3:0.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q