
"Neftchi" uchun "Metallurg" qulay raqibmi yoki...
Superliganing 3-turida Farg‘onada "Neftchi" hamda "Metallurg" klublari kuch sinashishadi.
Ushbu jamoalar kuchlilar ligasida o‘zaro 46 marta kuch sinashgan. Shundan 26 tasida farg‘onaliklar, 11 tasida bekobodliklar g‘alaba qozongan. 9 ta o‘yin esa durang natija bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 79:41. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 87, “Metallurg” esa 42 ochko jamg‘argan.
Farg‘onada o‘tkazilgan bahslarda Toshkent viloyati jamoasi 2 uchrashuvda zafar quchgan, yana 2 ta o‘yinda durangga erishgan. Qolgan barcha o‘yinlar maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlangan.
Farg‘onada o‘tgan oxirgi 5 ta beshta uchrashuv:
29.07.2023 «Neftchi» - «Metallurg» 1:0
22.05.2022 «Neftchi» - «Metallurg» 3:0
24.04.2018 «Neftchi» - «Metallurg» 0:0
25.06.2017 «Neftchi» - «Metallurg» 0:2
01.07.2016 «Neftchi» - «Metallurg» 1:0
Fikrlar