"Neftchi"ga bosh murabbiy tayinlandi
Dmitriy An Qirg‘iz Respublikasining "Neftchi" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda jurnalist Tengelsbek Musaev o‘zining telegram kanalida xabar berdi.
"Neftchi"ni o‘zbekistonlik mutaxassis boshqaradi. Yangi murabbiy Dmitriy An bo‘ladi. 51 yoshli murabbiy o‘tgan mavsumda "Navbahor" akademiyasida ishlagan.
2025 yilgi mavsumda "Neftchi"ga dastlab Aleksandr Mochinov, keyin esa Anatoliy Vlasichev murabbiylik qildi. Jamoa mavsumni 9-o‘rinda yakunladi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar