Nega PSJ hech kimdan qo‘rqmaydi?!

  • 20 avgust, 2021, 20:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubining amalga oshirgan ishlarni muhokama qilish uchun ayni payti.

Tecno

Leonardo fantastik yozni o‘tkazdi

5j5j56j5j

Parij klubi sport direktori o‘z faoliyatidagi eng omadli yozni o‘tkazdi. Qisqa muddat ichida jamoaning ijtimoiy tarmoqlariga 10 million obunachi qo‘shildi. Pochettino esa, qisqa muddatda JCh, "Kopa Amerika" va Evropa chempionlariga murabbiylik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. EChL g‘oliblari soni oshgani haqida so‘zlamasa ham bo‘ladi. Bu mavsumda jamoaga kelib qo‘shilgan 5 futbolchining eng kamtari - Ashraf Hakimi ham "shalpangquloq"ni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Soddaroq qilib aytganda, muhim o‘yinlarda mag‘lub bo‘ladigan kollektivga "katta janglarda" yutib chiqqan etakchilar qo‘shildi. Bu omil, o‘z foydasini ko‘rsatmay qo‘ymaydi.

"Nosir, siz yaxshi insonsiz"!

6yk5yo56kyo56ky

"Barselona" Leoning maoshini moliyaviy qonun doirasida amalga oshirishni uddalay olmagan bir paytda, PSJ 5 ta super transferni amalga oshirdi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Xo‘sh, nega UEFA Parij klubini moliyaviy ishlari borasida surishtiruv ishlarini olib bormayapti? Buning o‘z tarixi bor. Florentino Peres Cheferinning orqasida turib Superliga g‘oyasini amalga oshirgan paytda, Al-Helayfi pozitsiyasida mahkam turdi. Barcha grandlardan kelgan takliflarga qaramay, PSJ UEFAga xiyonat qilmadi va Cheferin buni qadriga etdi.
"Nosir, siz juda ham yaxshi insonsiz! Og‘ir vaziatda adolat tomonda bo‘ldingiz va bizni to‘liq qo‘llab-quvvatladingiz".

Katta ehtimol bilan, PSJ Messiga rasmiy bayonotda ko‘rsatilgan summadan bir necha barobar ortiqcha pul berishi mumkin. Hatto, yiliga 100 million evro summa ko‘rsatilgan bo‘lishi hech gap emas. Arab investorlar bu transferni 2+1 ko‘rinishida imzolagan. Balki, kelishuvda yana bir yil Qatarda to‘p surish ham qo‘shib qo‘yilgan bo‘lsa, ajab emas. Helayfi UEFA va uning qoidalaridan qo‘rqmaydi.

Tarkib zo‘r, ammo...

g34g34g

"4-4-2"dan "3-5-2"gacha! Transferlar ajoyib, biroq ulardan unumli foydalanish shart. Bugungi kundagi PSJ hujum chizig‘i Frantsiya chempionati darajasidan ancha baland, lekin bu yigitlarni o‘z o‘rniga qo‘yish ham mahorat.

Pochettino kuchli mutaxassis, ammo unda yulduzlar bilan ishlash tajribasi oz. Uni Pep Gvardiola singari "sovrinlar ovchisi" deb bo‘lmaydi. Hatto, Zidan singari omadlilar qatoriga ham qo‘sha olmaymiz. Katta ehtimol bilan, Pochettino omadsizlikka uchrasa, o‘rnini shu mutaxassislardan biri egallashi mumkin.

Messi uchun maydonda bir nechta pozitsiyalar mavjud. U "aldamchi to‘qqizlik", hujumchi ortida va ikki qanotda ham to‘p surishi mumkin. Pochettino vatandoshidan o‘ng qanot vingeri sifatida foydalanadi. Bunga boshqa sabab ham bor. Endilikda, Ashraf Hakimi o‘ng qanot himoyasida to‘p suradi. Marokashlik futbolchi bemalol butun qanotni berkitishi mumkin. Bu Leo uchun o‘zini qulay va erkin to‘p surishi uchun imkon yaratadi.
EChL finali yaqin

Leo Liga 1dagi o‘rtamiyona jamoaga kelgani yo‘q. U raqobatga uchrashini bilgan holda yulduzlar kollektivi safini to‘ldirdi. Messi hech qachon etakchi yoki motivator bo‘lmagan. U erkin ijodkor. Bu ishni katta ehtimol bilan Serhio Ramos bajarib beradi.

Katta ehtimol bilan, PSJ klubi vakillari Messining jahon futboliga qanday ta’sir ko‘rsata olishidan xabar topdi. Vaholanki, Leo ortda qolgan mavsumda "Kopa Amerika"dan boshqa aytarli sovrin yutgani yo‘q. 35 yoshida ham o‘z transferi bilan dunyoni "titratib" yuborgan yigitning kelishi hal qiluvchi o‘yinlarda qoqiladigan futbolchilar uchun super motivatsiya berishi aniq.
Leo PSJ jamoasi libosida ko‘rinish berishdan avval soqolini olib tashladi. U yosh ko‘rinishga, hali aytilmagan so‘zlari bor ekanligini muxlislarga bildirmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ne ajab?! U hammasini boshidan boshlash maqsadida Frantsiyaga tashrif buyurdi. Tez orada yangi Messining nimalarga qodir ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Aslida, ichki chempionat birinchi nishon emas. Qatarlik investorlar bir necha yillardan beri EChL bosh sovrinini orzu qilib kelyapti. Nosirr Al-Helayfi ularning maqsadi sari sekin-asta odimlamoqda. Avvaliga yarim final, final. Endi esa, Messining transferi. Leo, yulduzli PSJ uchun eng kerak insonga aylanishi, klub tarixida qolish imkoniga ega. Buning uchun "shalpangquloq"ni Parijga olib kelish darkor. Bu oson bo‘lmagan vazifa. Aynan shu omil uning PSJga ko‘chib o‘tishi omadli yoki omadsiz chiqqanini bilib olishimiz uchun mezon sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!