Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Nemislar "Barsa" iste'dodini olib ketmoqchi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bu yigitga xaridor ko‘p

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi flang himoyachisi Xavi Espart kelgusi mavsumni Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga Dortmundning «Borussiya»si va Leverkuzenning «Bayer» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublar skautlari Espart o‘yinlarini jonli kuzatish uchun Ispaniyaga yo‘l olgan.

Xavi Espartning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 5 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida Espart «Barselona» tarkibida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. U bir gol urdi, ikki golli uzatma amalga oshirdi va bir marta ogohlantirish kartochkasi oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q