Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Inter» prezidenti Bastonining «Barselona»ga o‘tishi amalga oshmaganini tasdiqladi

Соғиндиқ Кенжебаев
Izohlar: 0

«Inter» himoyachisi klubda qoladi «Inter» prezidenti Juzeppe Marotta jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Uning ta'kidlashicha, Bastoni kataloniyaliklar safiga qo‘shilmaydi. «Menimcha, muxlislarimiz Bastoni atrof…

«Inter» himoyachisi klubda qoladi

«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, Bastoni kataloniyaliklar safiga qo‘shilmaydi.

«Menimcha, muxlislarimiz Bastoni atrofidagi vaziyat bo‘yicha xotirjam bo‘lishlari mumkin. U hech qachon jamoani tark etishni so‘ramagan, unga «Inter»da hamma narsa ma’qul. Biz uni sotish niyatida emasmiz. Ishonamanki, Bastoni biz bilan qoladi», — dedi Marotta DAZN’ga bergan intervyusida.

2025/26 yildgi mavsumda Alessandro Bastoni «Inter» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 40 ta o‘yin o‘tkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q