«Spartak» hujumchisi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
«Spartak» hujumchisi Manfred Ugalde Ispaniyaning «Betis» va «Sevilya» klublariga o‘tishi mumkin.
Maskva «Spartak» klubi forvardi, Kosta-Rika terma jamoasi a’zosi Manfred Ugal’de yaqin vaqtlarda Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Metaratings.ru nashri xabar berishicha, 24 yoshli hujumchi xizmatlari Ispaniyaning oliy divizionida ishtirok etadigan ikki klubga – «Betis» va «Sevilya»ga taklif etilgan. Shu bilan birga, har ikki jamoa ham hozircha shoshilma-shosharlik bilan qaror qabul qilmayapti. Klub rahbariyati 2026 yildagi jahon chempionati yakunlanishini kutib, shundan so‘ng yangi shartnomalar bo‘yicha aniq qadam tashlashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Manfred Ugal’de Maskva «Spartak» tarkibida Rossiya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu bahslarda beshta gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. Mutaxassislar hozirda forvardning ehtimoliy transfer qiymatini 12 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)