Maykl Ouen O'zbekiston o'yiniga munosabat bildirdi

  • 22.06.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi jahon chempionatining "K" guruhidagi ikkinchi tur doirasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalarining o‘zaro o‘yin ko‘pchilikning diqqat markazida turibdi. 

Sabbi O‘zbekiston mundial debutanti sifatida jahondagi aksariyat muxlisu mutaxassislarni hali ochilmagan qirralari bilan o‘ziga jalb etmoqda. 

Oltinchi bor jahon chempionatida ishtirok etib, Lionel Messi bilan  birga bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord o‘rnatgan Krishtianu Ronalduning boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa kutilmagan natijasi bilan hammanni o‘ziga qaratdi. 

Jahon chempionligi uchun kurashda favoritlardan biri hisoblangan portugalialiklar guruh bosqichining ilk uchrashuvida Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan durang qayd etdi. Bu natija futbol jamoatchiligi tomonidan sensatsiya sifatida qabyl qilindi. Eng muhimi, portugalialiklarning va ayniqsa Ronalduning bo‘sh o‘yini terma jamoa istiqboli va salohiyatini katta shubha ostiga qo‘ydi. 

Shu bois, portugalialiklarning ikkinchi turdan o‘rin olgan O‘zbekistonga  qarshi o‘yiniga qiziqish katta bo‘lyapti. 

Xususan, jahon futbolida afsona darajasiga ko‘tarilgan angliyalik to‘purar Maykl Ouen ham O‘zbekiston va Portugaliya to‘qnashuvi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Ouen ilgari o‘zi bilan "Manchester Yunayted"da birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu birinchi turda kongoliklar darvozasiga yo‘l topa olmaganiga qaramay, O‘zbekistonga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsata olishiga ishonmoqda. 

- Portugaliyaning birinchi o‘yinidan oldin Lionel Messining Argentina o‘yinida uchta gol urgani ham Ronalduni gol urishga ilhomlantira olmadi. Bu holatni qabul qilish unga oson bo‘lmadi. 

Lekin men Ronalduga bo‘layotgan tanqidlarga qo‘shilmayman. Axir Krishtianu doim shunday bo‘lmaganmi? Ayniqsa, so‘nggi yillarda. U hech qachon jamoaviy o‘yinga juda faol qo‘shilmagan, ammo hal qiluvchi paytda maydondagi vaziyatni butunlay o‘zgartira olgan. 

Ronaldu gol urmaganida hamma narsada uni ayblash juda oson. Lekin keyingi o‘yning o‘zidayoq u tanqidchilarning ovozini o‘chirgan holat necha marta bo‘lgan? 

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etsa, bunga umuman ajablanmayman, – dedi Maykl Ouen Goal nashriga bergan intervyusida. 

Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Bu bahsga AQShning Xyuston shahridagi hashamatli stadion mezbonlik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!