Amorim Manchesterdan shogirdini olib ketadi
Bu futbolchi uch mavsum Angliya klubi sharafini himoya qildi
«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim 24 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi hujumchisi Amad Dialloni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Diallo uchun kurash faqat «Milan» bilan cheklanmaydi. Hujumchiga Angliyaning yana ikki klubi — «Nyukasl» va «Brayton» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan mavsumda Diallo klubi tarkibida barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shular davomida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)