Neymar “Barsa”ni tanladi

  • 14 fevral, 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Al-Hilol”dan “Santos”ga ko‘chib o‘tgan Neymar o‘zini tarbiyalagan klub safida ham uzoq qolmaydigan ko‘rinadi.

Tecno

Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli yulduzning asl maqsadi Evropa futboliga qaytib, yana jahonning eng qudratli klublarida o‘ynashdan iborat.

Neymar “Santos”ga qaytish orqali yana yuqori darajada futbol o‘ynash imkoniyati borligini namoyish qilmoqchi bo‘layotgani aytilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik hujumchi o‘ziga jamoa tanlab qo‘ygan. U “Barselona”ga qaytishni orzu qilyapti.

Lekin Neymar Kataloniyaga qaytishi uchun klub rahbariyati unga o‘yin amaliyotini kafolatlashi kerak. Demak, bu borada ko‘p narsa Joan Laporta va bosh murabbiy Xans-Diter Flikning qanday qarorga kelishiga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!