Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Neymar haydaldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qilmishiga yarasha jazo

Braziliya futbolining bugungi kundagi eng mashhur yulduzi Neymar maydondagi qilig‘i uchun hakam tomonidan o‘yindan chetlatildi.

“Santos”da o‘ynayotgan Neymar chempionatning 11-turida “Botafogo”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida 33 yoshli hujumchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Neymar golni qo‘l bilan urgan edi. Bosh hakam o‘yin qoidasini qo‘pol tarzda buzgan futbolchiga ogohlantirish berdi. Bu Neymarning uchrashuv davomidagi ikkinchi sariq kartochkasi bo‘ldi va uni maydondan haydashdi.

Oqibatda “Santos” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida raqibga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Neymar yil boshidan beri “Santos”da o‘ynayapti. U o‘zini tarbiyalagan klubga 12 yildan keyin qaytdi. Bu muddat davomida mashhur futbolchi “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol”da to‘p tepgan.

Tajribali hujumchi Braziliyaga qaytganidan beri qadrdon jamoasida 12 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q