Neymar hunuk xabar oldi
Neymarning terma jamoaga foydasi tegmaydigan bo‘ldi
"Santos"dan Braziliya terma jamoasiga chaqirtirilgan mashhur hujumchi Neymar jahon chempionatining guruh bosqichida maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqida TeledeSport nashri xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, 34 yoshli forvardda ikkala oyoqning son osti qismida ikkinchi darajali jarohat aniqlandi. Shu bois u mundial oldidan Panama va Misr terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazib yubordi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Neymar guruh bosqichining birinchi turida Marokashga qarshi oʻyinda maydonga tushmasligi deyarli aniqligini xabar qilgan edi. Joriy hafta davomida u alohida dastur boʻyicha mashgʻulot oʻtkazmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Braziliya – Marokash uchrashuvi 13 iyundan 14 iyunga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, "S" guruhida Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Izohlar (0)